Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universiteti talabalarining malakaviy amaliyotiga oid buyruq sanasi yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Talabalarning malakaviy amaliyoti o‘quv rejasi va tasdiqlangan jadval asosida 2026 yil 15 iyundan tashkil etilgan. Amaliyotni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq esa texnik sabablarga ko‘ra 19 iyun sanasi bilan rasmiylashtirilgan. Mazkur holat talabalarning amaliyotni o‘tash muddatiga, huquq va manfaatlariga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Amaliyot belgilangan muddatlarda amalda tashkil etilgan va talabalar tomonidan o‘z vaqtida boshlangan. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida ichki hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni yanada takomillashtiriladi. Qarshi davlat universiteti jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarga hurmat bilan yondashadi hamda faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga doimo intiladi.