TA’LIM KAMPUSI — ZAMONAVIY UNIVERSITET: DAVLAT E’TIBORI, RAHBAR MAS’ULIYATI VA JAMOA BUNYODKORLIGI UYĞUNLIGI

24-Oktabr 2026, 10:33
Universitet yangiliklari
«Bilimga — rağbat, mehnatga — imkoniyat, taşabbusga — madad»
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoev

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21–22 oktyabr kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi mamlakatimiz hududlarini rivojlantiriş, aholi farovonligini yuksaltiriş va istiqbolli vazifalarni belgilaş nuqtai nazaridan muhim siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga ega voqeadir.
Mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevori, uning eng muhim tayançi — bilimli avlod, malakali mutaxassislar, ilm-fanga tayanadigan tafakkur va yangi ğoyalarni amalga oşirişga qodir insonlardir. Şu ma’noda, ta’lim va ilm-fan masalalariga davlat miqyosida e’tibor qaratilişi oliy ta’lim muassasalari oldiga ham yangi mas’uliyat va talablarni qöyadi.
Bugungi globallaşuv va jadal texnologik taraqqiyot davrida oliy ta’lim muassasalarining jamiyat hayotidagi örni va mas’uliyati tobora ortib bormoqda. Zamonaviy universitet faqat talabalarga nazariy bilim beradigan yoki mutaxassislar tayyorlaydigan muassasa emas. U ilmiy tafakkurni rivojlantiradigan, yangi ğoyalarni yuzaga çiqaradigan, intellektual salohiyatni şakllantiradigan, milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillarni uyğunlaştiradigan muhim ijtimoiy-ma’rifiy markazdir.
Şu nuqtai nazardan qaraganda, ta’lim kampusi tuşunçasi alohida mazmun va ahamiyat kasb etadi. Çunki kampus deganda faqat öquv binolari, ma’ruza zallari, laboratoriyalar va talabalar turar joylarining bir hududda joylaşganini emas, balki ta’lim oliş, ilmiy izlaniş, mustaqil fikrlaş, ijod qiliş va şaxs sifatida kamol topiş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan yaxlit muhitni tuşuniş lozim.
Qarşi davlat universiteti misolida ta’lim kampusining ahamiyatini baholar ekanmiz, avvalo, Qaşqadaryo viloyatining ilmiy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltiriş, yoşlarning sifatli oliy ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda hududning intellektual taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş kabi muhim vazifalarni nazarda tutişimiz kerak.
Zero, bugungi talabalar — ertangi kunimizning rahbarlari, olimlari, pedagoglari, huquqşunoslari, muhandislari, şifokorlari va jamiyat taraqqiyoti uçun mas’uliyatni öz zimmasiga oladigan fidoyi mutaxassislardir. Ularning qanday muhitda ta’lim olişi, qanday qadriyatlar asosida tarbiyalanişi va qanday ilmiy imkoniyatlarga ega bölişi kelajak taraqqiyotiga bevosita ta’sir körsatadi.
Zamonaviy ta’lim tizimida kampusga bölgan yondaşuv an’anaviy öqitiş usullaridan ança farq qiladi. An’anaviy yondaşuvda asosiy e’tibor öquv maşğulotlarini taşkil etiş va öquv dasturlarini bajarişga qaratilgan bölsa, kampus modelida ta’lim jarayoni talabaning butun hayoti bilan uzviy boğliq holda taşkil etiladi.
Bunday muhitda auditoriyadagi ma’ruza, kutubxonadagi mustaqil mutolaa, laboratoriyadagi tajriba, ilmiy tögarakdagi muhokama, sport maydonidagi maşğulot va madaniy tadbirlardagi iştirok bir-birini töldiruvçi yaxlit jarayonga aylanadi.
Ta’lim kampusining samaradorligi, eng avvalo, unda yaratilgan imkoniyatlarning talabalar ehtiyojlariga qay darajada mosligi bilan belgilanadi. Bunda quyidagi yönalişlar muhim ahamiyatga ega:
— zamonaviy talablarga javob beradigan öquv auditoriyalari va laboratoriyalar;
— elektron kutubxona, raqamli ta’lim resurslari va mustaqil ta’lim oliş uçun qulay muhit;
— ilmiy tadqiqotlar olib boriş, loyihalar işlab çiqiş va innovatsion ğoyalarni amalga oşiriş imkoniyatlari;
— talabalarning jismoniy salomatligi, ma’naviy kamoloti va ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaydigan şaroitlar;
— nogironligi bölgan şaxslar uçun tösiqsiz muhit, xavfsiz harakatlaniş va teng ta’lim imkoniyatlari;
— talabalar va professor-öqituvçilar örtasida oçiq muloqot, hamkorlik va özaro hurmatni ta’minlaydigan munosabatlar.
Demak, haqiqiy ta’lim kampusi — bu şunçaki zamonaviy arxitektura yoki obod hudud emas. Uning asosiy mezoni inson kapitaliga, ta’lim sifatiga va ilmiy natijalarga qöşadigan hissasidir.
Qarşi davlat universitetining ta’lim va ilmiy faoliyatini rivojlantiriş masalasiga Qaşqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan boğliq holda qaraş maqsadga muvofiqdir. Çunki hududning barqaror rivojlanişi, avvalo, malakali kadrlar, ilmiy asoslangan boşqaruv, zamonaviy texnologiyalar va yuksak bilimga ega insonlar mavjudligiga boğliq.
Universitet kampusini rivojlantiriş şu ehtiyojlarga javob beradigan muhim yönalişlardan biri bölişi mumkin. Bunda ta’lim jarayonini mehnat bozori talablari bilan muvofiqlaştiriş, iş beruvçilar bilan hamkorlikni mustahkamlaş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş va talabalarning kasbiy salohiyatini erta bosqiçdan rivojlantirişga alohida e’tibor qaratiş lozim.
Masalan, iqtisodiyot, huquqşunoslik, pedagogika, tabiiy va aniq fanlar, axborot texnologiyalari hamda boşqa sohalar böyiça ta’lim olayotgan talabalarning öz yönalişiga mos amaliy maşğulotlar, ilmiy loyihalar va kasbiy hamkorlik dasturlarida iştirok etişi ularning nazariy bilimlarini mustahkamlaydi.
Bunda universitet, davlat taşkilotlari, korxona va muassasalar, ilmiy markazlar hamda nodavlat sektor örtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki zamonaviy mutaxassis faqat öz sohasini bilişi bilan çeklanib qolmasligi, balki jamoada işlaş, muammolarni tahlil qiliş, mustaqil qaror qabul qiliş va yangi şaroitlarga moslaşiş qobiliyatiga ham ega bölişi kerak.
Qarşi davlat universitetida ta’lim kampusini rivojlantirişga doir har qanday taşabbusning asosiy maqsadi ham talabalarda ana şu sifatlarni şakllantirişga qaratilgan.
Universitetning haqiqiy salohiyatini faqat binolar, auditoriyalar yoki talabalar soni bilan ölçab bölmaydi. Uning ilmiy salohiyati professor-öqituvçilarning tadqiqotlari, yaratilgan ilmiy işlanmalar, xalqaro hamkorlik, intellektual mahsulotlar va jamiyat muammolariga taklif etilayotgan amaliy eçimlarda namoyon böladi.
Şu sababli ta’lim kampusida ilm-fanni rivojlantiriş uçun qulay va rağbatlantiruvçi muhit yaratiş ustuvor vazifalardan biridir.
Bunday muhitda professor-öqituvçi faqat dars beruvçi emas, balki yangi bilimlar yaratuvçi, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlovçi va ilm-fanning jamiyat hayotidagi ahamiyatini namoyon etuvçi şaxs sifatida qadrlanadi. Talaba esa tayyor ma’lumotlarni özlaştiruvçi emas, balki savol qöyadigan, dalillarni tahlil qiladigan, mustaqil xulosa çiqaradigan va ilmiy izlanişga intiladigan faol iştirokçiga aylanadi.
Ana şu maqsadda universitetda ilmiy seminarlar, fan tögaraklari, yoş olimlar forumlari, startap loyihalari, innovatsion ğoyalar tanlovlari va ilmiy natijalar taqdimotlari tizimli ravişda taşkil etib kelinmoqda.
Ayniqsa, bakalavriat bosqiçidanoq talabalarni ilmiy izlanişlarga jalb qiliş, ularning kurs işlari va bitiruv malakaviy işlarini real ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va texnologik muammolar bilan boğlaş kelgusida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Kampusdagi kutubxona va axborot-resurs markazlarining imkoniyatlarini kengaytiriş, ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş ham alohida ahamiyatga ega. Zero, mustaqil fikrlaydigan mutaxassisning eng muhim xususiyatlaridan biri — işonçli manbalar bilan işlaş, axborotni tanqidiy baholaş va dalillarga tayangan holda xulosa çiqarişdir.
Ilm-fanga tayangan universitetgina hududning intellektual taraqqiyotiga barqaror hissa qöşa oladi.
XXI asrda raqamli texnologiyalar ta’lim mazmuni va şakllarini tubdan özgartirmoqda. Elektron kutubxonalar, virtual laboratoriyalar, raqamli ta’lim platformalari, masofaviy muloqot vositalari va sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Şu bois zamonaviy ta’lim kampusi raqamli infratuzilma bilan ham uzviy boğliq bölişi kerak.
Qarşi davlat universitetida raqamli ta’lim muhitini rivojlantiriş istiqbollarini belgilaşda elektron öquv materiallarini takomillaştiriş, talabalarning mustaqil ta’limini qöllab-quvvatlaş, professor-öqituvçilarning raqamli kompetentsiyalarini oşiriş va ta’lim natijalarini xolis baholaşga xizmat qiluvçi texnologiyalarni rivojlantiriş muhim yönalişlar sifatida qaralib kelinmoqda.
Sun’iy intellektdan foydalanişda ham ilmiy halollik, mualliflik huquqi, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş va axborot xavfsizligi talablariga rioya etiş zarur. Texnologiya insonning mustaqil tafakkurini almaştirmasligi, aksinça, uning imkoniyatlarini kengaytirişi lozim.
Şu ma’noda, zamonaviy kampus talabalarni nafaqat raqamli vositalardan foydalanişga, balki ulardan ongli, mas’uliyatli va samarali foydalanişga ham örgatişi kerak.
Ta’lim kampusining ahamiyatini faqat öquv va ilmiy faoliyat bilan çeklaş mumkin emas. Çunki oliy ta’limning boş maqsadi — kasbiy bilimga ega mutaxassis tayyorlaş bilan birga, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli, vatanparvar va ijtimoiy mas’uliyatni his etadigan şaxsni şakllantirişdir.
Kampusdagi muhit talabaning dunyoqaraşi, muloqot madaniyati, jamoada işlaş qobiliyati va hayotiy pozitsiyasiga ta’sir körsatadi. Şuning uçun universitetimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’lim jarayonidan ajralgan holda emas, balki uning mantiqiy davomi sifatida taşkil etilmoqda.
Milliy tariximiz, buyuk allomalarimiz merosi, adabiyot va san’at, huquqiy madaniyat, ekologik mas’uliyat, soğlom turmuş tarzi va fuqarolik pozitsiyasiga bağişlangan tadbirlar talabalarning ma’naviy dunyosini boyitişga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kitob insonni fikrlaşga, voqea-hodisalarni çuqur anglaşga, öz qaraşlarini asoslaşga va boşqalarning fikrini hurmat qilişga örgatadi. Şu bois kampusda mutolaa uçun qulay joylar, kitob muhokamalari, ijodiy uçraşuvlar va intellektual bahslar taşkil etilişi yoşlarning ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir körsatmoqda.
Şuningdek, talabalarning sport, madaniyat, volontyorlik va ijtimoiy loyihalarda iştirok etişi ularda taşabbuskorlik, jamoaviylik va mas’uliyat tuyğusini mustahkamlamoqda.
Eng muhimi, universitetda har bir talaba öz qobiliyatini namoyon etişi, özini qadrlangan his qilişi va kelajakka işonç bilan qaraşi uçun şaroit yaratilmoqda.
Zamonaviy ta’lim kampusi qonuniylik, adolat, inson qadr-qimmati va özaro hurmat tamoyillariga asoslangan muhit bölişi kerak.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan ta’lim oliş huquqi, inson huquq va erkinliklari, tenglik va qonun ustuvorligi tamoyillari oliy ta’lim muassasalari faoliyati uçun ham muhim huquqiy mezon hisoblanadi. «Ta’lim töğrisida»gi Qonun esa ta’lim sohasidagi munosabatlarning asosiy huquqiy asoslaridan biridir.
Bu tamoyillarning amalda namoyon bölişi talabalar va professor-öqituvçilarning huquqlari hurmat qilinişi, ta’lim jarayonida kamsitişga yöl qöyilmasligi, baholaşning xolisligi, murojaatlarni körib çiqişda adolatli yondaşuv ta’minlanişi va ta’lim oluvçilarning xavfsizligiga e’tibor qaratilişida körinadi.
Xavfsiz kampus — bu faqat jismoniy xavflardan himoyalangan hudud emas. U, şuningdek, tazyiq, zöravonlik, haqoratlaş, kamsitiş va boşqa nomaqbul munosabatlarning oldini olişga qaratilgan taşkiliy va ma’rifiy çoralar tizimini ham qamrab oladi.
Bunda talabalarning huquqiy savodxonligini oşiriş, murojaat qiliş mexanizmlari haqida tuşuntiriş beriş, nizolarni qonuniy hal etiş madaniyatini şakllantiriş va universitet jamoasida özaro işonçni mustahkamlaş muhimdir.
Huquqiy madaniyati yuksak bölgan ta’lim muhitida talaba nafaqat öz huquqlarini biladi, balki boşqalarning huquq va manfaatlarini ham hurmat qilişni örganadi.
Demak, huquqiy madaniyat kampus hayotining alohida tadbiri emas, balki uning kundalik faoliyatida namoyon böladigan asosiy qadriyatlardan biridir.
Har qanday ta’lim islohotining natijasi, avvalo, inson hayotidagi ijobiy özgarişlar bilan ölçanadi. Şu nuqtai nazardan, ta’lim kampusini rivojlantirişda moddiy-texnik infratuzilma bilan bir qatorda inson kapitaliga sarmoya kiritişga ham alohida e’tibor qaratiş zarur.
Professor-öqituvçilarning kasbiy rivojlanişi, ilmiy izlanişlari uçun imkoniyatlar yaratilişi, ularning mehnati munosib qadrlanişi va pedagogik taşabbuslari qöllab-quvvatlanişi ta’lim sifatini oşirişning muhim omillaridir.
Şu bilan birga, talabalarning ijtimoiy ahvoli, turar joyga bölgan ehtiyoji, ovqatlaniş imkoniyatlari, tibbiy xizmatdan foydalanişi va psixologik qöllab-quvvatlanişi masalalari ham kampus siyosatida e’tibordan çetda qolmasligi kerak.
Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uçun teng imkoniyatlar yaratiş, ularning ta’lim olişdagi tösiqlarini kamaytiriş va iqtidorli yoşlarni rağbatlantiriş muhim ijtimoiy vazifadir.
Kampusdagi har bir şaroit insonning ta’lim oliş, öz qobiliyatini rivojlantiriş va jamiyatga foyda keltiriş imkoniyatini kengaytirişi lozim. Ana şunda infratuzilmaga kiritilgan sarmoya uzoq muddatli ijtimoiy samara beradi.
Qarşi davlat universitetida ta’lim kampusini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş masalasiga tizimli yondaşilib kelinmoqda. Bunda istiqboldagi vazifalarni quyidagi yönalişlarda belgilaş mumkin:
Birinçidan, ta’lim sifatini oşirişga xizmat qiluvçi infratuzilmani takomillaştiriş, laboratoriyalar, kutubxonalar va raqamli resurslardan samarali foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.
Ikkinçidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaş, yoş olimlar va iqtidorli talabalarning taşabbuslarini rağbatlantiriş, ilmiy işlanmalarni amaliyot bilan boğlaş mexanizmlarini rivojlantiriş.
Uçinçidan, talabalarning mustaqil ta’lim olişi, ijodiy salohiyatini namoyon etişi va kasbiy könikmalarini şakllantirişi uçun qulay muhit yaratiş.
Törtinçidan, kampusni boşqarişda şaffoflik, resurslardan oqilona foydalaniş, jamoatçilik fikrini inobatga oliş va natijadorlikni baholaş mexanizmlarini kuçaytiriş.
Beşinçidan, ekologik madaniyatni rivojlantiriş, yaşil hududlarni asraş, energiya va suv resurslaridan tejamkor foydalaniş hamda çiqindilarni oqilona boşqarişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş.
Oltinçidan, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, xorijiy universitetlar bilan akademik almaşinuv va qöşma ilmiy loyihalarni rivojlantiriş orqali talabalar va professor-öqituvçilarning global ta’lim makonidagi iştirokini kuçaytiriş.
Ettinçidan, kampusdagi özgarişlarni baholaşda faqat sarflangan mablağ yoki qurilgan ob’ektlar soniga emas, balki ta’lim sifati, ilmiy natijalar, talabalarning qoniqişi, bitiruvçilarning bandligi va yaratilgan imkoniyatlarning ijtimoiy samarasiga ham e’tibor qaratiş.
Uşbu vazifalarning izçil amalga oşirilişi kampusni oddiy ta’lim hududidan zamonaviy bilimlar, innovatsiyalar va inson kamoloti markaziga aylantirişga xizmat qiladi.
Uşbu jarayonlarda universitet rektori, iqtisod fanlari doktori, professor D. H. Nabievning rahbarlik, taşkilotçilik va taşabbuskorlik faoliyatini jamoaning mehnati bilan uyğun holda yuqori baholaş örinli va adolatlidir.
Qarşi davlat universitetida ta’lim kampusi mavzusiga murojaat qiliş, mohiyatan, oliy ta’limning bugungi vazifalari va ertangi istiqbollari haqida fikr yuritiş demakdir.
Zamonaviy kampus — bu ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat, huquqiy madaniyat, raqamli taraqqiyot va ijtimoiy mas’uliyat uyğunlaşgan muhitdir. Uning qadri faqat taşqi körinişi yoki moddiy imkoniyatlari bilan emas, balki şu muhitda qança bilimli, taşabbuskor, mustaqil fikrlaydigan va jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan yoşlar kamol topişi bilan belgilanadi.
Universitetda yaratilgan har bir qulaylik, yölga qöyilgan har bir ilmiy loyiha, qöllab-quvvatlangan har bir talaba taşabbusi va ustozning mehnati kelajak taraqqiyotiga qöşilgan hissadir.
Şu bois ta’lim kampusini rivojlantirişni faqat bugungi kun ehtiyojlarini qondiriş bilan çeklamasdan, kelgusi avlodlar uçun munosib intellektual va ma’naviy muhit yaratiş vazifasi sifatida baholaş lozim.
Qarşi davlat universitetining kelajagi ham, avvalo, ta’lim sifatini yuksaltiriş, ilm-fanni rivojlantiriş, ustoz va talabalar uçun munosib muhit yaratiş hamda yoşlarni mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan etuk mutaxassislar etib tarbiyalaş bilan çambarças boğliqdir.
Ta’lim kampusiga sarmoya — insonga sarmoya. Insonga sarmoya esa mamlakatning ertangi kuniga qöyilgan eng işonçli sarmoyadir.
Ana şu haqiqatni anglagan holda, ta’lim, ilm-fan va bunyodkorlik yölidagi har bir sa’y-harakatni qadrlaş, qöllab-quvvatlaş va yanada rivojlantiriş inson kamoloti va Yangi Özbekiston taraqqiyoti uçun muhim asosdir.

Qarşi davlat universiteti professori Abdurahmon Yakubov