To‘lqin Nodirov “Mustaqillik — Vatanparvar Fidoiylari” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

6-Oktabr 2026, 04:32
Universitet yangiliklari

Fidoyi vatanparvarligi, insonlar salomatligini asrash, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdagi fidoyiligi uchun Qarshi davlat universiteti Klinik va fundamental tibbiyot fanlari kafedrasi mudiri To‘lqin Nodirov O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining “Mustaqillik — Vatanparvar Fidoiylari” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi qoshidagi “Vatanparvar fidoiylar” badiiy-targ‘ibot jamoasi rahbari Alisher Hamroyev ishtirok etdi. U To‘lqin Nodirovni yuksak e’tirof bilan samimiy qutlab, vatanparvarlik va fidoyilikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi hamda ijodiy chiqishi bilan tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. O‘z navbatida, To‘lqin Nodirov bildirilgan yuksak e’tirofdan mamnunligini bildirib, bu e’tibor kelgusida ham mas’uliyat bilan mehnat qilishga undashini ta’kidladi.