Bitiruvchi talabalar uchun keng imkoniyatlar
Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida bitiruvchi talabalar uchun Workshop seminar-treningi tashkil etildi. Unda fakultet professor-oʻqituvchilari, talabalar, universitet Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo‘limi, “Kelajakka qadam” markazi, O‘zMilliybank AJ Qarshi filiali hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar, kredit mahsulotlari va tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur tavsiyalar oldilar. “Kelajak tadbirkori” dasturi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun universitet Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i B.Primqulovga murojaat qilishingiz mumkin: +998 91 639 27 67