QarDU talabalari “Qashqadaryo startap ligasi” viloyat bosqichida 1-o‘rinni egalladi!
18-Sentabr 2026, 11:31
Universitet yangiliklari
Qashqadaryo viloyat hokimining 2026-yil 22-iyundagi 52-4-0-F/26-son farmoyishi asosida tashkil etilgan “Qashqadaryo startap ligasi” hududiy startap tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. Quvonarlisi, tanlovda Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalaridan iborat “TeNa” jamoasi birinchi o'rinni egallab, 50 million so‘m pul mukofotini qo'lga kiritdi. Talabalarimizni ushbu yutuq samimiy muborakbod etamiz!