Tyutor va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi

18-Sentabr 2026, 11:27
Universitet yangiliklari

18-sentyabr kuni Tibbiyot fakultetida tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jomurodov, tyutorlar Z.Yuldosheva hamda X.Salimov ishtirok etdilar. Muloqotda talabalarning yangi o‘quv yiliga moslashuvi, darslarga muntazam qatnashishi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda fan to‘garaklari va sport seksiyalariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.  Talabalar yotoqxona va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq savol va takliflarini bildirdilar. Murojaatlar tinglanib, zarur huquqiy va amaliy maslahatlar berildi hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Bunday ochiq muloqotlar tyutor va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.