QarDU o‘qituvchisi xalqaro turizm dasturini muvaffaqiyatli tamomladi

6-Oktabr 2026, 04:34
Universitet yangiliklari

Butunjahon Turizm Tashkiloti (UN Tourism) hamda Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi hamkorligida 16-apreldan 3-oktabrgacha xalqaro ta’lim dasturi tashkil etildi. Dastur doirasida “Hospitality Management” hamda “Hotel Operation & Innovation” yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda respublikamizdan qariyb 50 nafar turizm va mehmondo‘stlik sohasi o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarni Vengriya, Sloveniya, Ispaniya, Kolumbiya va Avstriyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar olib bordi. QarDU Turizm va marketing kafedrasi o‘qituvchisi Quvonchbek Toshkentov mazkur dasturni muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi. Shuningdek, u Qashqadaryo viloyatida UN Tourism Akademiyasi vakili etib tayinlandi. Endilikda Quvonchbek Toshkentov turizm va mehmondo‘stlik sohasi bo‘yicha ta’lim berish hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash jarayonlarida trener sifatida faoliyat yuritadi.