Yoshlar bandligi — ustuvor vazifa!
26-Mart 2026, 09:52
Universitet yangiliklari
Xabar berilganidek, Qarshi shahrida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi va yuzlab yigit-qizlar shu joyning o‘zida ish topib, doimiy bandlikka erishdi. Yarmarka davomida yoshlarning takliflari tinglandi, ularga kasb-hunar bo‘yicha yo‘naltirish va daromadli ishga jalb etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Hududlarda “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalari davom etmoqda — bu yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishning amaliy natijasidir. Ushbu tadbirda Qarshi davlat universiteti talabalari ham ishtirok etdilar.