 
							
							Amaliyot jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
31-Oktabr 2025, 10:45
								Universitet yangiliklari	
							Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 3-kurs 47-guruh talabalari kafedra o‘qituvchisi L.Botirova rahbarligida Qarshi shahridagi 50-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliyot o‘tamoqdalar. Talabalar amaliyot davomida markazlarda turli faoliyatlarni tashkil etish bilan bir qatorda, tashkilotda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bugun amaliyotchilar o‘rta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Oltin kuz” nomli tadbirni yuqori saviyada o‘tkazdilar. Mazkur tadbir talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda, ularni pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.