Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – oliy ne’mat

21-Noyabr 2025, 11:42
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag'ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Haftalik doirasida “Kitobxonlik bizni birlashtiradi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi hamda “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirlarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Lola Saodatova, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Oybek Kuziyev hamda Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig'i Sherzod Akramov bag‘rikenglikning insonlar o‘rtasidagi hurmat, tinchlik va do‘stlik asosidagi muhim qadriyat ekanini ta’kidladilar. Mazkur tadbirlar UNESCO tomonidan 1995-yilda qabul qilingan “Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” g‘oyalariga uyg‘un ravishda yoshlar qalbida insonparvarlik, millatlararo totuvlik va madaniy bag‘rikenglik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.