Qarshi davlat universiteti talabasi – O‘zbekiston chempionati sovrindori! 

21-Noyabr 2025, 12:01
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 11–14-noyabr kunlari Buxoro viloyatida kurash bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 600 nafarga yaqin kurashchilar ishtirok etmoqda. Sportchilar erkaklar va ayollar o‘rtasida 8 tadan vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Yilning eng yirik musobaqalaridan biri bo‘lgan ushbu chempionat g‘oliblari 2026-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Quvonarli jihati shundaki, chempionatda Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti talabasi, oliygoh terma jamoasi a’zosi Marjona Otaqulova -52 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalga sazovor bo‘ldi. Marjonani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusidagi musobaqalarda ham yanada yuksak natijalar va yangi g‘alabalar tilaymiz!