“Antikorrupsiya bilimdoni” tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi

21-Noyabr 2025, 12:05
Universitet yangiliklari

“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi “Biz — Yangi O‘zbekiston avlodimiz! Korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” shiori ostida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida “Antikorrupsiya bilimdoni” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv 4 bosqichdan iborat bo‘lib, unda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 6 ta fakultet jamoalari tanishtiruv, savol-javob va mavzuga oid sahna ko‘rinishlarida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi. Hakamlar hay’ati jamoalarning chiqishlarini xolis baholab bordi.

Natijalar:

1-o‘rin — Pedagogika fakulteti

2-o‘rin — Tarix fakulteti

3-o‘rin — Tibbiyot fakulteti

G‘olib va sovrindor jamoalar mos ravishda 3 500 000, 2 500 000 va 2 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.