“Iqtidorli talabalar guruhi”ni shakllantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
Iqtisodiyot fakultetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim tashabbus boshlab berildi. Jumladan, Turizm va marketing kafedrasi tomonidan “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishining 1-kurs 025-87 va 025-88-guruh talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab darslar chet tilida olib boriladigan “Iqtidorli talabalar guruhi”ni shakllantirish, tanlov mezonlari bilan tanishtirish hamda talabalarni ingliz tilini chuqur o‘rganishga va faollikni oshirishga undashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda Turizm va marketing kafedrasi o‘qituvchilari yangi guruhga qabul tartibi, talablari va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir davomida talabalarning savollariga javob qaytarildi va yakunda ushbu loyiha ularda katta qiziqish uyg‘otdi.