Ta’lim muassasasida xavfsiz, hurmatga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirishning dolzarb masalalari

25-Fevral 2026, 04:30
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Ta’lim muassasasida xavfsiz, hurmatga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga Jinoyat ishlari bo'yicha Qarshi shahar sudi sudyasi Sh.Eshimov, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari, podpolkovnik I.Bozorova, katta leytenant N.Maqsadova taklif etildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev kirish so'zi bilan boshlab berdi. Davra suhbatida, shuningdek, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Karamova, universitet psixologi A.Husanov, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash, pedagog va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kasbiy etika va professional chegaralarni mustahkamlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish kabi mavzularda so'z bordi. Ta’kidlanganidek, ta’lim muassasasi — bu nafaqat bilim beriladigan joy, balki shaxs shakllanadigan, qadriyatlar mustahkamlanadigan muhitdir. Ushbu muhit xavfsiz, hurmatga asoslangan va adolatli bo‘lishi shart. Ayniqsa, talabalar bilan ishlash jarayonida pedagogning kasbiy chegarasi, axloqiy mas’uliyati va huquqiy javobgarligi aniq belgilangan. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning savol va mulohazalari tinglandi hamda tegishli javoblar berildi.