QarDUda “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha ochiq muloqot
21-Yanvar 2026, 11:51
Universitet yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosi doirasida Qarshi davlat universitetida Qashqadaryo viloyati O‘zmilliybank AJ xodimlari ishtirokida bitiruvchi kurs talabalari bilan “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda g‘oyadan loyihagacha bo‘lgan jarayonda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ochiq muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berilib, dasturdan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.