ISHGA TAKLIF !
Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-assistent, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi
O‘zbek tili va adabiyoti, Musiqa ta’limi, Psixologiya, kafedralari mudiri lavozimiga;
Algebra va geometriya (1), Mikrobiologiya va biotexnologiya (1), kafedralari professori lavozimiga;
Musiqa ta’limi (1), Fransuz tili va adabiyoti (1), Dizayn va rangtasvir (1), Psixologiya (1), Lingvistika (1), Fakultetlararo ingliz tili (2), Geografiya (1), kafedralari dotsenti lavozimiga.
Algebra va geometriya (1), Agronomiya va ekologiya (2), Matematik analiz va differensial tenglamalar (1), Turizim va marketing (1), kafedralari Ilmiy darajali katta o‘qituvchi lavozimiga.
Algebra va geometriya (1), Lingvistika (1), Fakultetlararo ingliz tili (1), Sanoat muhandisligi (1), kafedralari katta o‘qituvchisi lavozimiga.
Mikrobiologiya va biotexnologiya (1), Amaliy ingliz tili (1), Nazariy va eksperimental fizika (1), Geografiya (1), Rus tili va adabiyoti (1), Maktabgacha ta’lim (1), Matematik analiz va differensial tenglamalar (2), Umumiy fizika (1), Turizim va marketing (1), Falsafa va sotsiologiya (2), Ingliz tili va adabiyoti (1), Boshlang‘ich ta’lim (2), kafedralari o‘qituvchi assistent lavozimiga.
Amaliy matematika (1), Agronomiya va ekologiya (1), Sanoat muhandisligi (1), Amaliy ingliz tili (2), Iqtisodiyot (2), kafedrasi o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.
Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchi-stajyor lavozimiga talabgor nomzodlar uchun (B2, C1, C2); sertifikatiga ega bo‘lgan hamda ingliz tilida dars mashg‘ulotlarini olib borish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);
5. SCOPUS ва WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Rektor nomiga ariza.
2. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (Ma’lumotnoma)
3. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari.
4. Ilmiy ishlar ro‘yxati
5. Malaka oshirganligi to‘g‘risida guvohnoma.
Hujjatlar gazetada e’lon chop qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.
Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.
Telefon: (75) 221-02-10, 221-02-18. Elektron pochta: kardu@umail.uz