Yoshlar hayotida ta’lim - tarbiyaning o‘rni
Bugun Filologiya fakulteti I-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida “Universitet – talaba – ota-ona” tamoyili asosida “Yoshlar hayotida ta’lim-tarbiyaning o‘rni” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni fakultet dekani B.Rizayev kirish so‘zi bilan ochib, yoshlar hayotida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati, ota-ona va ta’lim muassasasi hamkorligining muhim jihatlari haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev talaba-yoshlar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev esa yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Yig‘ilish davomida Ofis-registrator boshlig‘i S.Rustamov hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomning mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Shuningdek, dekan o‘rinbosari J.Boysuvov ta’lim grantiga talabgor talabalarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbirda ota-onalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va kelajagi yo‘lida hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlashdi. Yakunda faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.