Milliy qadriyatlar – millat iftixori: an’ana va hunarmandchilik yoshlar nigohida
Pedagogika fakulteti 1-kurs Texnologik ta’lim, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishlari talabalari ishtirokida Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Sh.Aslonova tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar – millat iftixori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda milliy hunarmandchilikning zargarlik, kulolchilik, tikuvchilik, amaliy bezak san’ati, to‘quvchilik, duradgorlik, kashtachilik hamda pazandachilik kabi yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Mazkur chiqishlar orqali xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy va moddiy merosi keng yoritildi. Shuningdek, San’atshunoslik va Fizika fakultetlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari A.Sattorova, N.Odilova tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Milliy liboslar” tanlovi o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlari yaratgan eskiz va liboslar taqdimotlari orqali milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini namoyon etdilar. Mazkur tadbirlar yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizga sadoqat, milliy hunarmandchilik va an’analarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.