“Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi

20-Fevral 2026, 05:11
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi va Qarshi davlat universiteti hamkorligida yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, davlat boshqaruvi va parlament faoliyatiga qiziqadigan yoshlarni aniqlash maqsadida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi. Turnirda viloyat partiya kengashi mas’ullari, deputatlar, ustozlar, talaba-yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdilar. Har bir bosqichda Konstitutsiya va qonunchilik, parlament va mahalliy Kengashlar faoliyati, davlat islohotlari va ijtimoiy siyosatga oid 10 ta savoldan iborat bo‘ldi.

Oliygoh talabalaridan tarkib topgan 10 ta jamoa qatnashgan musobaqada g‘oliblar aniqlanadi:

1-o‘rin: “Yuksalish” (Iqtisodiyot fakulteti)

2-o‘rin: “Renessans” (Kimyo-biologiya fakulteti)

3-o‘rin: “Ekonomist” (Iqtisodiyot fakulteti)

Turnir so‘ngida partiyaga qabul qilingan yoshlar a’zolik guvohnomalari bilan taqdirlandilar, g‘olib jamoalar esa diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.