“Talabalar ligasi” doirasida “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi

20-Fevral 2026, 05:13
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida 18-fevraldan 18-martga qadar “Talabalar ligasi” doirasida sportning futbol (futzal), basketbol, voleybol, kurash, gandbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda. Musobaqalar g‘olib va sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Jamoaviy sport turlarida 1–4 million so‘mgacha, yakka tartibdagi bahslarda esa 400–500 ming so‘mgacha miqdorda mukofotlar belgilangan. Bugun musobaqalarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, universitetda yaratilgan sharoitlar hamda “Rektor kubogi” musobaqasining ahamiyati haqida to'xtalishdi. Ochilish marosimidan so'ng musobaqalarga start berildi.

Dastlabki kun natijalari:

Voleybol (qizlar):
Fizika fakulteti 3:0 Kimyo-biologiya fakulteti
San’atshunoslik fakulteti 3:0 Iqtisodiyot fakulteti

Mini-futbol (o‘g‘il bolalar):
Fizika fakulteti 1:0 Kimyo-biologiya fakulteti
Iqtisodiyot fakulteti 6:0 San’atshunoslik fakulteti

Musobaqalar davom etmoqda.