Jadidlar merosi – ma’naviy uyg‘onish va taraqqiyot poydevori

20-Fevral 2026, 05:15
Universitet yangiliklari

Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi Laziza Xolmurodova tashabbusi bilan Kimyo yo‘nalishi talabalari ishtirokida 4-sonli talabalar turar joyida “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusida ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi. Tadbirda jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik faoliyati, milliy uyg‘onish va davlatchilik g‘oyalarini shakllantirishdagi tarixiy o‘rni haqida so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar maxsus sovg‘a va sertifikatlar bilan taqdirlandi.