VERICASE BUSINESS MUSOBAQASI 2-MAVSUMI — QARSHI DAVLAT UNIVERSITETIDA MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI
15-fevral kuni Vericase loyihasining 2-mavsumi Yoshlar – Kelajagimiz jamg‘armasi hamda Mezosfera marketing agentligi bilan hamkorlikda Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir fakultet talabalari tashabbusi va faol ishtiroki bilan mazmunli va samarali ruhda o‘tdi. Musobaqada Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan 100 dan ortiq ishtirokchi 20 ta jamoaga bo‘lingan holda qatnashdi. Jamoalar Mezosfera marketing agentligi tomonidan taqdim etilgan real biznes muammolariga veb-sayt va mobil ilovalar orqali innovatsion yechimlar ishlab chiqishdi.
Asosiy tashkilotchilar:
Abdulaziz Kenjaev (Marketing 1-kurs) — Vericase rasmiy Ambassadori
Abdurahimov Adham (Moliya va moliyaviy texnologiyalar 1-kurs) — Event menejer
Oripova Madinabonu (Iqtisodiyot 3-kurs) — Event menejer
Narzullayev Zinurbey (Marketing 1-kurs) — Event menejer
Ergashev Abdullo (Marketing 3-kurs) — SMM menejer
Mazkur jamoaning tashabbuskorligi va puxta tashkiliy ishlari musobaqaning muvaffaqiyatli o‘tishida muhim omil bo‘ldi.