Universitet professor-oʻqituvchilari Gruziyada ilmiy stajirovka o‘tamoqda

24-Oktabr 2025, 05:35
Universitet yangiliklari

Xabar berilganidek, ayni kunlarda Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Gruziyaning Telavi davlat universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqdalar. Stajirovka doirasida ular Telavi davlat universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Iya Djimshitashvili bilan uchrashib, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda o‘qituvchilarning malakasini oshirish yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashdilar. Shuningdek, Qarshi davlat universiteti delegatsiyasi a’zolari Gruziya ta’lim vaziri Givi Mikanadze ishtirokida o‘tkazilgan “Fan va ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro anjumanda qatnashdilar. Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari Telavi davlat universitetida tashkil etilgan ko‘rgazmali yarmarkada faol ishtirok etib, Gruziya ta’lim tizimidagi innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar. Ilmiy stajirovka hozirda davom etmoqda.