“Ma’rifat ulashib” loyihasi iste’dodli talabalarga qanot bag‘ishlamoqda

24-Oktabr 2025, 05:37
Universitet yangiliklari

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab oliy va umumta’lim dargohlari yoshlarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida 20-oktyabr kuni Qarshi davlat universitetiga taniqli ijodkorlar — Sayyora Samandarova va Muhammadali G‘afforov tashrif buyurdi. Ijodkorlar dastlab Koson tumanidagi 73-100-maktablarda bo‘lib, “21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan  tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishdi, o‘quvchilarni o‘z ijod namunalari bilan bahramand qildilar. Shuningdek, muloqotlar davomida mehmonlar tomonidan bugungi ijodiy muhit, kitob mutolaasi xususida qiziqarli ma’lumotlar ulashildi. Universitet faollar zalida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi. Qizg‘in va samimiy suhbat go‘zal mushoiralarga ulandi. Ta’kidlash lozim, o‘tkazilgan ijodiy kecha yoshlarga o‘zgacha ruh, kayfiyat, ilhom bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.