QarDU matematiklari Pisa universitetidagi trening haftaligida ishtirok etishdi

24-Oktabr 2025, 05:40
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetining Algebra va geometriya kafedrasi mudiri A.Imomov hamda kafedra o‘qituvchilari O.Ruziboyeva va M.O‘ralova Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA-171 loyihasi doirasida tashkil etilgan trening haftaligida ishtirok etib qaytishdi. Italiyaning Pisa universitetida (Università di Pisa) o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralarda kafedra faoliyatiga mos ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  Natijada, Pisa universiteti matematik olimlari bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, Qarshi davlat universitetining doktorant va magistrantlari uchun ilmiy rahbarlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, loyihada ishtirok etayotgan Jazoir, Marokko va Peru davlatlarining hamkor universitetlari ham Qarshi davlat universiteti bilan ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlik o‘rnatish istagini bildirishdi. Loyiha faoliyati 2026-yil iyul oyigacha davom etadi.