Rektor tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar va aziz talabalar!
Avvalo, yangi – 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi hamda talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni chin qalbimdan tabriklayman.
Bilim — barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyat va taraqqiyotning asosidir. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim va ilm-fanga yuksak e’tibor qaratilayotgani, yaratilayotgan imkoniyatlarning barchasi barkamol avlodni tarbiyalash, ularni hayotga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Talabalik — inson hayotidagi eng unutilmas, buyuk imkoniyatlar davridir. Shuning uchun bu davrdan samarali foydalaning: yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiring, mustahkam do‘stliklar yarating, kelajagingiz uchun puxta rejalar tuzing va har bir daqiqaning qadriga yeting. Unutmang, sifatli ta’lim va yutuqlar sizning tirishqoqligingiz, sabr-toqatingiz va ilmga bo‘lgan sadoqatingizga chambarchas bog‘liqdir.
Yangi o‘quv yili sizlarga quvonch, omad va yuksak muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich
Qarshi davlat universiteti rektori, professor