Qarshi davlat universitetida “Raqamli startaplar” dasturi doirasida seminar tashkil etildi
Seminarda Innovatsion rivojlanish agentligi viloyat bo'linmasi rahbari L.Abduazizov, universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori I.Bekpulatov hamda Qarshi yoshlar texnoparki direktori J.Eshmurodov ishtirok etdi. Mazkur tadbir Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ekotizimni rivojlantirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda inkubatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda raqamli texnologiyalar sohasidagi startap-loyihalarni hаr tomonlama qo'llab quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturida ishtirok etish uchun arizalarni topshirish va ko'rib chiqish tartibi to'g'risida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda talabalar hamda startap g‘oya egalari "Raqamli startaplar" dasturi haqida qiziqtirgan savollarga javob oldilar.