QarDU talabalari xalqaro “Business Case Competition”da TOP-10 talikka kirdi

4-May 2026, 04:26
Universitet yangiliklari

Poytaxtimizdagi Yangi O‘zbekiston universitetida “New Uzbekistan Business Case Competition” xalqaro akademik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov Harvard Business Schoolning case-study metodologiyasi asosida tashkil etilib, oliy ta’lim sifatini oshirish hamda mamlakatimizni xalqaro ta’lim va innovatsiyalar markaziga aylantirish yo‘lidagi islohotlar doirasida o‘tkazildi. Musobaqada O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Xitoy, Qozog‘iston va Ozarbayjondan 55 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi vakillari, 225 dan ortiq jamoa hamda qariyb 1000 nafar talaba ishtirok etdi. Bu esa tanlovning xalqaro miqyosi va yuqori nufuzini yaqqol namoyon etdi. Saralash bosqichi 5 hafta davom etib, kuchli raqobat asosida eng sara 10 ta jamoa final bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu nufuzli tanlovda ilk bor Qarshi davlat universiteti talabalari ham ishtirok etib, yuqori natijaga erishdilar. Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchilari Nigora Toxirova va Mohinur Yaxshiqulova rahbarligida Sarvinoz Rustamova, Elbek Ermo‘minov, Ma’rifat Eshtemirova hamda Olima Xudoyberdiyeva tarkibidagi “Economists” jamoasi xalqaro tanlovda munosib ishtirok etib, TOP-10 eng kuchli jamoalar qatoridan joy oldi. Final bosqichida jamoa o‘zining chuqur tahliliy yondashuvi va innovatsion yechimlari bilan ajralib turdi hamda xalqaro sertifikatlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu natija ustoz va talabalar hamkorligi, izlanish va bilimning amaliy ifodasidir.