She’riyatga baxshida ko‘ngil – Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir
4-May 2026, 04:45
Universitet yangiliklari
Filologiya fakultetida Kutubxona va axborot faoliyati yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag‘ishlangan “She’riyatga baxshida ko‘ngil” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soʻz olganlar shoir ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, uning samimiy va xalqona she’rlari yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Shundan soʻng talabalar tomonidan sahna koʻrinishlari namoyish etilib, Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlardan namunalar ifodali tarzda o‘qildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.