Sud-huquq sohasidagi islohotlar mazmun-mohiyati targ‘ib etildi

4-May 2026, 04:58
Universitet yangiliklari

Iqtisodiyot fakulteti hamda Qashqadaryo viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamkorligida “Sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun va mohiyati” mavzusida “Sudya va talabalar” ochiq muloqoti tashkil etildi. Tadbir universitetning Iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati iqtisodiy sudi sudyalari — viloyat sudi raisi o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Rahimov Davlat Davronovich, shuningdek, sudyalar Qurbonov Orif Mustafoyevich, Bozorov Muhiddin Amirkulovich, Tursunov Xusan Mirzayevich va Xo‘jakulov Nodir Serobovich ishtirok etdilar. Ochiq muloqot davomida talabalarga sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sohada kadrlar tayyorlash siyosati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlar va internet, ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq munosabatlarda uchrayotgan qonunbuzarlik holatlari haqida ham tushuntirishlar berildi. Qonun ustuvorligi har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy omili ekani alohida ta’kidlandi.