“Muhabbat va sadoqat kuychisi” – adabiy-ma’naviy tadbir o‘tkazildi

4-May 2026, 04:59
Universitet yangiliklari

Matematika va kompyuter ilmlari fakultetining 1-bosqich talabalari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “Muhabbat va sadoqat kuychisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov so‘zga chiqib, shoirning xalqchil va samimiy ijodi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, talabalar tomonidan shoir ijodidan namunalar ifodali tarzda o‘qilib, uning she’riy merosiga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor namoyon etildi.