Yana bir Speaking Club muvaffaqiyatli yakunlandi!

4-May 2026, 05:09
Universitet yangiliklari

Turizm amaliyot markazida Intellectual Students Council tomonidan navbatdagi Speaking Club tashkil etildi. Sessiya “Is Uzbekistan becoming a ‘cultural copy’ of the West, or is it simply modernizing for the 21st century?” mavzusida ingliz tilida debat tarzida o‘tkazildi. Unda Iqtisodiyot va Xorijiy tillar fakultetlari talabalari faol ishtirok etib, turli fikr va qarashlar asosida mazmunli muhokamalar olib bordilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir Intellectual Students Council jamoasi tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.