“Ijtimoiy ishda superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

4-May 2026, 05:11
Universitet yangiliklari

Qarshi shahrida oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun “Ijtimoiy ishda superviziya va kasbiy rivojlanish” (Social Work Supervision and Professional Development) mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-trening BMTning Bolalar jamg‘armasi — UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko‘magida tashkil etildi. Tadbirda Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori, xalqaro ekspert Richard Hara hamda Lyudmila Kim ishtirok etdi. Seminar davomida ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun superviziya masalalariga bag‘ishlangan interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy darslar tashkil qilindi. Unda ijtimoiy ish sohasida kasbiy rivojlanish, tajriba almashish hamda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar-treningda Qarshi davlat universiteti Falsafa va sotsiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari — professor G.Bekmurodova, dotsentlar T.Qurbonov, Z.Boymurodov, A.Turayeva hamda kafedra o‘qituvchisi R.Nazarov faol ishtirok etib, seminar yakunida sertifikatlar bilan taqdirlandilar.