Sun’iy intellektning zulmatli tomoni — moliyaviy xavfsizlikka tahdid va ogohlik masalasi
4-May 2026, 05:18
Universitet yangiliklari
Matematika va kompyuter ilmlari hamda Ijtimoiy fanlar fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat IIB Kiberxavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akram Ubaydullayev hamda Kiberxavfsizlik boshqarmasi tezkor vakili Islombek Ochilov mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, sun’iy intellektning imkoniyatlari va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berdilar. Tadbir davomida internet orqali sodir etilayotgan moliyaviy firibgarliklar, kiberxavfsizlik tahdidlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda raqamli gigiyena masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yakunda talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.