Sudya va yoshlar uchrashuvi
Qarshi davlat universitetida “Sudya va yoshlar uchrashuvi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Mening huquqlarim – mening kelajagim” mavzusida muloqot tashkil etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyat sudi rais o‘rinbosari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Namazov Kamol Tashtemirovich, Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari Aqanov Sattor Qobilovich va Suyunov Ollamurat Muxtarovich, FIB Kasbi tumanlararo sudi sudyasi Niymatov Mansur Nurmamatovich hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Rustamova Zamira Boboqulovna ishtirok etdi. Tadbirni universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Karamova ochib berdi. Dastur davomida “Farzand omonat” qisqa metrajli filmi namoyish etilib, “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi, “Erta nikoh qurish oqibatlari va sudlarda nikohdan ajratish tartiblari, shar’iy nikohning oldini olish va uning huquqiy oqibatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Yakunda talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi.