Talabalar turar joylarida intellektual va madaniy kecha
4-May 2026, 05:22
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti talabalar turar joylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli mazmunli o‘tkazish maqsadida intellektual va ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Jumladan, yoshlarning mantiqiy bilimlarini charxlashga qaratilgan "Zakovat" intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mahoratli ijodkorlar tomonidan suratga olingan "Darbadar" badiiy filmi namoyish etildi. Bunday tadbirlar talabalarning nafaqat bilimini oshirishga, balki ularning ma’naviy hordiq chiqarib, o‘zaro hamjihatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.