Mehnat yarmarkasi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda

4-May 2026, 05:23
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida Iqtisodiyot, Geografiya va agronomiya hamda Kimyo-biologiya fakultetlari bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Mehnat yarmarkasi” hamda Workshop seminar-treninglari tashkil etildi. Tadbirni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpulatov ochib berdi. So‘zga chiqqan ish beruvchi tashkilotlar vakillari universitet bilan hamkorlik va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni e’tirof etdilar. Mehnat yarmarkasida Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, “Entermarketing” agentligi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, “Apex Insurance” sug‘urta kompaniyasi Qashqadaryo filiali, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “Kelajakka qadam” markazi, O‘zbekiston GTL korxonasi, Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi kabi 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda. Tadbir davomida talabalar vakant ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot olib bormoqda. Mehnat yarmarkasi davom etmoqda.