DIQQAT! QABUL DAVOM ETMOQDA! 

14-Oktabr 2025, 10:10
E’lonlar

Qarshi davlat universitetida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), maqsadli doktorantura (PhD), stajyor tadqiqotchi (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichlariga ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun qabul jarayoni davom etmoqda.

Ixtisosliklar yo‘nalishlari quyidagilar:

Doktorantura (DSc):

▪️02.00.03 — Organik kimyo (1)

▪️02.00.14 — Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (1)

▪️07.00.01 — O‘zbekiston tarixi (1)

▪️10.00.02 — O‘zbek adabiyoti (1)

▪️10.00.10 — Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (1)

▪️19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (1)

Tayanch doktorantura (PhD):

▪️01.01.01 — Matematik analiz (2)

▪️01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika (2)

▪️01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (3)

▪️01.04.04 — Fizik elektronika (4)

▪️02.00.03 — Organik kimyo (7)

▪️02.00.10 — Bioorganik kimyo (2)

▪️02.00.14 — Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (3)

▪️05.01.07 — Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (4)

▪️07.00.01 — O‘zbekiston tarixi (1)

▪️08.00.12 — Mintaqaviy iqtisodiyot (1)

▪️08.00.13 — Menejment (2)

▪️10.00.01 — O‘zbek tili (2)

▪️10.00.02 — O‘zbek adabiyoti (2)

▪️10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (2)

▪️11.00.01 — Tabiiy geografiya (1)

▪️11.00.02 — Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (1)

▪️13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (1)

▪️13.00.08 — Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (1)

▪️19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (1)

▪️19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (1)

▪️08.00.17 — Turizm va mehmonxona faoliyati (2)

Maqsadli doktorantura (PhD):

▪️01.04.04 — Fizik elektronika (1)

▪️07.00.01 — O‘zbekiston tarixi (1)

▪️10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (2)

Stajyor tadqiqotchi (PhD):

▪️02.00.14 — Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (1)

▪️05.01.07 — Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (1)

Hujjat topshirish tartibi:
Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, https://daraja.ilmiy.uz sayti orqali yuboriladi.

Qabul muddati: 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha.
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy — Qarshi davlat universiteti.