Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan 4 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Qashqadaryo viloyati hokimi olimpiadasi”ning joriy yilgi g‘oliblari taqdirlandi.

15-Iyun 2026, 10:03
Universitet yangiliklari

Bu yil olimpiadada 15 ming nafardan ortiq maktab bitiruvchisi ishtirok etib, 30 nafar iqtidorli yosh g‘olib deb topildi. Shundan fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 9 nafar o‘quvchi Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz talabalikka qabul qilindi.Tantanali marosimda Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov yoshlarni bilim olish, mehnatsevarlik va o‘z ustida tinimsiz ishlashga da’vat etdi. Madaniy chiqishlar esa yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.