Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz poydevori

25-Fevral 2026, 04:37
Universitet yangiliklari

Ijtimoiy fanlar fakultetida “Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz poydevori” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash va milliy merosimizni targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Eshmirzayeva tashabbusi bilan tashkil qilindi. Unda fakultet dekan o'rinbosari M.Karimov, Falsafa va sotsiologiya kafedrasi o‘qituvchisi A.To‘rayeva, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti O.Rahmonqulova ishtirok etib, milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan fikr bildirdilar. Tadbir davomida Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari milliy liboslarda chiqishlar qilib, alla, she’r va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.