“Zakovat” intellektual bellashuvlari davom etmoqda

25-Fevral 2026, 04:38
Universitet yangiliklari

Ayni kunlarda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni ilmiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan rivojlantirish maqsadida Qarshi davlat universitetida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va intellektual bellashuvlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Kimyo-biologiya fakulteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1-kurs biologiya ta’lim yo‘nalishi va biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 1-2-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Qizg‘in va jonli musobaqa davomida talabalarning bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Bellashuv yakunida eng faol va bilimli jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, universitet talabalar turar joylarida yashovchi talabalardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida ham turnir shaklida “Zakovat” bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Yakunda barcha g‘olib jamoalar rag‘batlantiriladi va ularga diplomlar taqdim etiladi. Tadbirlar davomida talabalarda bilimga bo‘lgan qiziqish oshishi, ijodiy va intellektual salohiyatlarini namoyon etish imkoniyati yaratilmoqda.