“Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi

25-Fevral 2026, 04:39
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosi doirasida Xorijiy tillar fakultetida Qashqadaryo viloyati O‘zmilliybank AJ xodimlari va bitiruvchi kurs talabalar ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlikni boshlash istagidagi bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari hamda g‘oyadan loyihagacha bo‘lgan jarayonda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar batafsil javoblar taqdim etib, dasturdan samarali foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan bo‘lishdilar.