Ilmiy tajriba va hayot maktabi

25-Fevral 2026, 04:40
Universitet yangiliklari

Filologiya fakultetida “Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Gulchehra Imomova bilan “Matonat timsollari” rukni ostida “Ilmiy tajriba va hayot maktabi” mavzusida muloqot uchrashuvi bo'lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekan o'rinbosari Jonbek Boysunov ochib berdi. So‘zga chiqqanlar olimaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi hamda ustozlik maktabi haqida fikr bildirdilar. Uchrashuv davomida Gulchehra Imomova o‘zining ilmiy izlanishlari va tajribalari xususida so‘z yuritdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.