IQTIDORLI TALABALAR SARALANDI!
“Botir Zokirov” nomidagi davlat stipendiyasinig Respublika bosqichida ishtirok etish uchun universitet saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra qo‘yidagi nomzodlar Universitet kengash qaroriga muvofiq Respublika bosqichiga tavsiya etildi.
1. Chamanova Gulshoda Abduraxmon qizi - “Sanʼatshunoslik (musiqashunoslik)” yo‘nalishi bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasiga talabgor, 60110600-Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich, 024-91-guruh talabasi;
2. Yo‘ldosheva Sevara Qo‘ldosh qizi - “Sanʼatshunoslik (musiqashunoslik)” yo‘nalishi bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasiga talabgor, 60110600-Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich, 024-62-guruh talabasi;
3. Rustamova Sevinch Uktam qizi - “cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)” yo‘nalishi bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasiga talabgor, 60110600-Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich, 024-62-guruh talabasi.