“Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

23-Iyun 2026, 12:43
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda qatnashchilar o‘z faoliyati va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi tashabbuslarini namoyish etib, ikki shart asosida bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Akramov 1-o‘rinni egallab, tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Shuningdek, Filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari Jonbek Boysunov 2-o‘ringa, San’atshunoslik fakulteti dekan o‘rinbosari Jahongir To‘laganov esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.