Adolat sayli: huquqiy xizmatlar va ochiq muloqot maydoni

25-Iyun 2026, 07:15
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Adolat sayli” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida fuqarolar uchun bepul huquqiy maslahatlar, davlat xizmatlari, FHDY va notarius xizmatlari, sayyor qabullar hamda huquqiy yordamlar tashkil etildi. Tadbirda aholi, yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda nuroniylar qatnashdi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklarni keng targ‘ib qilish va huquqiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish masalalariga alohida to‘xtalishdi. Sayil davomida huquqiy maslahat maydonchalari, kitob va ko‘rgazmalar, interaktiv viktorinalar hamda madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi, faol ishtirokchilar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Adolat sayli” aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda aholi va davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi.