Mustaqillik darsi: “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Qarshi davlat universitetining barcha fakultetlarida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Darslarda mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li, ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mustaqillikning tarixiy ahamiyati, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotidagi yoshlarning mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida tashkil etilayotgan “Mustaqillik darslari” talabalarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. “Mustaqillik darslari” universitet fakultetlarida davom etmoqda.