Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi
12-Sentabr 2026, 04:49
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti Tillar fakultetida tahsil olayotgan talaba-qizlar ishtirokida “Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy liboslarimizning o‘ziga xosligi, xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash hamda yoshlar orasida milliy qadriyatlarga hurmatni yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda talaba-qizlar milliy liboslarimizning nafisligi va betakrorligini namoyish etib, milliylik, odob va go‘zallik uyg‘unligini aks ettirdilar.