Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish muhim masala
“Birinchi kurs maktabi” tanishtiruv haftaligi doirasida Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Xususan, Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakultetida tashkil etilgan muloqot davomida talabalarga ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, internet makonidagi turli tahdidlar, firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, turli salbiy holatlarning oldini olish va internetdan to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mavzuga doir videolavha namoyish etildi. Tadbirda viloyat IIB mas’ul xodimlari, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.