"Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi

12-iyul 2023

Raxmatova Dilnavoz Jurakobilovna


QarDU tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi boshlig‘i,
(PhD) falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dots.

 

Telefon: +998 91 468-69 91

Elektron pochta: rahmatova.dilnavoz@mail.ru

 

Qabul kunlari: Haftaning dushanba-shanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2003-2018 yilga qadar "Qashqadaryo viloyati Tarixi va madaniyati" davlat muzeyida "Tarix" bo‘limi mudiri, 2018 yildan-h.k.  QarDU tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bo‘lim tarixi

Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-noyabrdagi 936-sonli qarori qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017 yil 28 noyabrdagi 869-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universiteti rektorining 2017 yil 5 dekabr 704I-sonli buyrug‘iga asosan Qarshi shaxridagi “Abu Ubayda ibn al-Jarrox” yodgorlik majmuasi kirish qismidagi ikkita zalda 2018 yilning 28 avgust kuni o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan QarDU tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” Qarshi shahridagi tarixiy qadamjolardan biri “Odina jome’ masjidi” binosida 2021- yil 11 oktyabrdan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Muzey faoliyati davomida muzey fondini shakllantirish va to‘ldirish borasida muzey ilmiy xodimlarining izlanishlari natijasida  muzey fondida bugungi kunda jami 2853 ta asosiy va yordamchi eksponatlar mavjud.

Asosiy vazifalari

muzeyning asosiy vazifalari :  hududda mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan, qatag‘on etilgan ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini atroflicha o‘rganish va muzey ekspozitsiyalari orqali keng jamoatchilikka targ‘ib etadi;
hududdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida mavzuli ekskursiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va ko‘rgazmalar tashkil qiladi;

Sahifalar

Tuzilma
Rahbariyat
Fakultetlar
Markazlar
Akademik litsey
"Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi